Jahon | 19:02 / 22.05.2015
4827
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada jangarilar Ikkinchi jahon urushi paytidagi gaubitsadan foydalanishdi

“IShID” guruhi jangarilari Suriyada hukumat qo‘shinlari pozitsiyalarini Ikkinchi jahon urushi paytidagi gaubitsadan o‘qqa tutishdi. Bu haqda Bild nashri internetda paydo bo‘lgan videoyozuvga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, rolikda vermaxt (Ikkinchi jahon urushidagi natsist Germaniyasining qurolli kuchlari)ning eng keng tarqalgan artilleriya quroli – leFH18 dala gaubitsasi aks etgan.

“Suriya hukumati qo‘shinlari ixtiyorida bir nechta gaubitsa bor edi. Jangarilar, aftidan, bu gaubitsalarni Bashar Asad harbiylaridan yoki muzeydan o‘g‘irlab ketishgan”, deb aytmoqda harbiy ekspert Nik Yyentsen-Djons.

Uning aytishicha, fuqarolik urushi paytida bunday eski qurol-aslahalardan foydalanishning ajablanarli tomoni yo‘q.

“Jang qilayotgan tomonlar zamonaviy qurol-aslahaga egalik qilishi cheklangan paytda bunday eski qurollardan foydalanish odatiy hol hisoblanadi. Suriyada bir necha bor Ikkinchi jahon urushi paytidagi britan, amerika, italyan, fransuz va rus qurollaridan foydalanilgan”, deb qo‘shimcha qilmoqda Yyentsen-Djons.

Germaniyaning Rheinmetall konserni 1935 yildan 1945 yilgacha leFH18 gaubitsalaridan 10 mingga yaqinini ishlab chiqargan. Gaubitsa14 kg.lik snaryadni10 km.lik masofaga ota oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish