Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya G7 sammiti arafasida o‘z chegaralarida nazoratni kuchaytiradi
Germaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti munosabati bilam mamlakat chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha choralar joriy qilinadi. Bu haqda Deutche Welle xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, bu choralar amalda bo‘lgan kunlar davomida Shengen mintaqasidagi mamlakatlarning fuqarolari chegara hududlarida o‘z pasportlarini olib yurishi shart hisoblanadi. Bu qat'iy choralar 26 maydan 15 iyun kunigacha amalda bo‘ladi.
Ma'lumot uchun "Katta yettilik" sammiti 7-8 iyul kunlari Bavariya yeridagi Garmish-Partenkirxen shahridagi Elmau qal'asida o‘tkaziladi.
Germaniyada bunday kuchaytiruv choralari oxirgi marta 2006 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida joriy qilingandi.