Jahon | 17:44 / 23.05.2015
8369
2 daqiqa o‘qiladi

"IShID" yaqin yillarda yadroviy qurolga ega bo‘lishini ma'lum qildi

“IShID” o‘z targ‘ibot vositalari orqali yaqin 12 oy ichida Pokistonda yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda 23 may kuni Independent nashri xabar tarqatdi.

Mazkur maqsadni amalga oshirish haqida terrorchilar tomonidan bir necha tillarda chop etilayotgan Dabiq jurnali sahifalarida so‘z yuritilgan.

“IShID”ning banklardagi hisob raqamlarida milliardlab dollar bor. Ular shunchaki Pokistondagi o‘z “viloyati”ga qo‘ng‘iroq qiladi va korrupsiyalashgan amaldorlar tizimi orqali yadroviy qurolni qo‘lga kiritadi”,  deb yozadi jangarilar qo‘lida asirlikda bo‘lib qaytgan britaniyalik jurnalist Jon Kentli o‘zining “Ideal qurshov” (The Perfect Storm) maqolasida.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, terrorchilar o‘z faoliyati targ‘iboti yo‘lida jurnalist Jon Kentlidan foydalanmoqda. Avvalroq internetda Kentlining 2012 yilda Suriyada asirga tushib qolgani haqida video ma'lumot chiqarilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish