Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:05 / 23.05.2015
1703
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyadagi yer ko‘chkisi qurbonlari soni 92 nafarni tashkil etmoqda
Kolumbiyaning tog‘li hududidagi Antokiya departamentiga qarashli Salgar shahrida yuz bergan ko‘chki tufayli halok bo‘lganlar soni 92 nafarga yetdi. Bu haqda Milliy tibbiyot va jurnalistika institutiga asoslangan holda El Colombiano nashri xabar bergan.
Mutaxassislar shu vaqtgacha halok bo‘lganlarning 32 nafari ayol hamda 29 nafari erkak ekanini aniqlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni noqulay sharoitlarda joylashgan Salgar shahrida yer ko‘chkisi bo‘lib o‘tgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish