Jahon | 14:11 / 23.05.2015
3577
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli yomg‘ir sababli Moskvada suv toshqini yuzaga keldi

22 may kuni kechasi Moskvada kuchli jala, ba'zi joylarda do‘l bilan aralash yog‘ib o‘tdi. Oqibatda shaharning turli tumanlaridagi bir necha ko‘chalar suv bilan toshib ketdi.

2015 yilning may oyida Moskva uchun rekord darajadagi yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori me'yordagidan 317 foiz ko‘proqni tashkil qildi.

Eng jiddiy suv toshqinlaridan biri “Kalujskaya” metrosi yonidagi Profsoyuznaya ko‘chasida yuzaga keldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, suv balandligi bir necha o‘nlab santimetrga yetgan, biroq metroga kiraverish va yo‘lovchilar o‘tish joylari hech qanday talofat ko‘rmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish