Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anjyelina Joli – Afg‘oniston haqidagi multfilm ijrochi prodyuseri bo‘ladi
Aktrisa Anjyelina Joli Afg‘onistonni Tolibonlar boshqargan davr haqida so‘zlovchi “Boquvchi” (The Breadwinner) animatsion filmining ijrochi prodyuseri vazifasini bajaradi.
Kartina asosini kanadalik yozuvchi Debor Ellisning shu nomdagi romani tashkil etadi. Multfilm 2017 yili sahna yuzini ko‘radi, deya xabar berdi Deadline.
Film syujyeti Parvona ismli 11 yoshli afg‘on qizining otasi Tolibonlar tomonidan hibsga olinganidan so‘ng o‘zini o‘g‘il bola sifatida ko‘rsatib, oilasini boqishi tarixi asosiga qurilgan.
“Parvona singari millionlab qizlar jabr-zulm ostida voyaga yetib, murakkab sharoitlarda oilasining yashab qolishiga yordam bermoqda. Bu tarix ular haqida eslatishi lozim. Men afg‘on madaniyatining boyligi, go‘zalligi va kuchi haqida so‘zlovchi iqtidorli rassomlar bilan ishlash imkoniyatini sinab ko‘rayotganimdan xursandman”, deydi Joli press-relizda.
Irlandiyalik rejissyor Nora Tvomi hamda tashkilotchilar ayni paytda qahramonlarga ovoz berishi lozim bo‘lgan aktyorlarni qidirmoqda.