Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kriminalistlar barmoq izlari qachon qoldirilganini aniqlay oladigan bo‘ldi
Olimlar kriminalistlarga shubha ostidagi shaxs jinoyat sodir etilgan joyda o‘z barmoq izlarini qachon qoldirganini aniqlash usulini ishlab chiqishdi. Mazkur tadqiqot ishi tafsilotlari Analytical Chemistry jurnalida chop etildi.
Ma'lumki, inson terisi palminit kislotasi deb nomlangan modda ajratib chiqaradi. Ayni shu modda ham buyumlar sirtida qoldirilgan barmoq izlari tarkibida mavjud bo‘ladi. Olimlarnin tasdiqlashicha, barmoq izi tarkibidagi mazkur kislota miqdori vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. Ayni shu modda miqdorini aniqlash orqali kriminalistlar jinoyat joyida barmoq izlari qachon qoldirilganini aniqlashlari mumkin.
Ayni paytda barmoq izlarining qachon qoldirilgani bilishning aniq muddati 4 kunni tashkil etmoqda. Biroq olimlar ushbu muddatni 10 kunga qadar uzaytirish ustida ish olib bormoqda.