Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:19 / 13.08.2015
2852
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada endi Polsha shprotlari taqiqlandi
Rossiya iste'mol mollari nazorati idorasi Polshadan shprot baliqlarini olib kirishni taqiqladi. Bu haqdagi xabarnoma idoraning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Aytilishicha, konservalangan shprotlarni laboratoriya sharoitida tekshirish davomida ular qonunchilikka muvofiq kelmasligi, jumladan, yorliqlarda ko‘rsatilgan ma'lumot energetik qiymat haqidagi asl faktlarga muvofiq emasligi, organoleptik ko‘rsatkichlarining salbiyligi aniqlangan.
Taqiq Polshaning Graal S.A. korxonasi ishlab chiqaradigan mahsulotga nisbatan joriy qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish