Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolimarjon IESining quvvati yiliga 20.4 mlrd kVt/soatga oshiriladi
Tolimarjon issiqlik energiya stansiyasining quvvati yiliga 20.4 mlrd kVt/soatga oshiriladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra IES Hyundai Engineering and Construction and Daewoo International Consortium kompaniyalar konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. Strukturani modernizatsiya qilish va yangi obektlar qurilishiga 861 mln dollar ajratiladi. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Iyul oyiga qadar investitsiyalarning 55 foizi o‘zlashtirib bo‘lindi.
“Loyiha realizatsiyasi elektr energiyasi ishlab chiqarishni soatiga 900 mVt ga ko‘paytirishga imkon beradi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 7.2 mlrd kVt/soatdan oshib ketadi”, – dedi IES bosh muhandisi Abdubahrom Xudoyqulov.
Bundan tashqari, to‘rtta yangi bug‘-gaz qurilmasi qurilmoqda. Ular stansiyaning energiya ishlab chiqarish salohiyatini yiliga 20.4 mlrd kVt/soatga oshirishi kutilmoqda.