Jamiyat | 13:02 / 13.08.2015
4316
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Xitoy kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo komissiyasining madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasi bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan 7-9 sentabr kunlari O‘zbekistonda Xitoy kinosi kunlari tashkil etiladi.

Xitoy kinosi kunlari davomida «Samimiy sevgi» (Genuine Love) kartinasi rejissyori Sherzod Yoqub hamda filmda bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Qunduz Zaytayaning ishtirok etishi kutilmoqda. Film o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan birga namoyish etiladi.

Bundan tashqari, kino kunlari doirasida rejissyor Tsao Baopinning «Eynshteyn va Eynshteyn» (Einstein & Einstein), Vey Shining «Parom» (The Ferry), Cheang Pou-Soyning «Maymunlar qiroli» (The Monkey King), Vong Kar-Vayning «Buyuk usta» (The Grandmaster), Chen Ganning «Chet ellik enaga» (When Peking Family Meets a foreign Aupair), Van Jinguanning «Hech qachon ortga qarama» (Never Look Back) filmlari – jami yetti kartina o‘zbekistonlik tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Xitoy kinosi kunlari doirasidagi barcha namoyishlar Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Xitoy kinosi kunlari doirasidagi filmlar namoyishi jadvali

7 sentabr, dushanba
19:00. «Samimiy sevgi» (Genuine Love)

8 sentabr, seshanba
17:00. «Ili daryosi» (Never Look Back)
19:00. «Maymunlar qiroli» (The Monkey King)

9 sentabr, chorshanba
17:00. «Parom» (The Ferry)
19:00. «Chet ellik enaga» (When Peking Family Meets a foreign Aupair)

10 sentabr, payshanba
19:00. «Buyuk usta» (The Grandmaster)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish