Jamiyat | 12:32 / 14.08.2015
2944
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktab adabiyoti xrestomatiyasi chop etiladi

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-poligrafiya ijodiy uyi o‘zbek va jahon adabiyoti vakillarining ijod namunalarini o‘zida birlashtirgan “Maktab adabiyoti xrestomatiyasi”ni chop etishni boshladi. Undan 5-9-sinflar maktab dasturiga kiritilgan mualliflarning asarlari joy oladi. Asarlar xronologik tartibda beriladi.

“Xrestomatiyaning ustunligi shundaki, bu, birinchidan, darsliklarga kirgan yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan batafsil tanishuv, ikkinchidan maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha adabiyot, u orqali bolalar kerakli ijodkorning asarlari bilan chuqurroq tanisha oladi”, – dedi nashriyot bosh muharriri Ilhom Zoirov.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, xrestomatiya tarikibiga kirgan asarlar sentabrdan kitob do‘konlarida sotila boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish