Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:54 / 14.08.2015
2260
1 daqiqa o‘qiladi
Qashqadaryolik og‘ufurush 26 kilogarmmdan ortiq marixuana bilan qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida Koson tumanida yashovchi, 35 yoshli shaxsning uyi tekshirilganida, 26 kg 518 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bergan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish