Jamiyat | 17:21 / 14.08.2015
2681
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik ayolga O‘zbekiston fuqaroligini olib berishni va'da qilgan farg‘onalik firibgar ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida ilgari 12 marta sudlangan va 7 marta amnistiya akti bilan jazodan ozod etilgan firibgar ayol qo‘lga olindi.

“Inson va qonun” nashrining bildirishicha, ismi oshkor etilmagan sudlanuvchi o‘zini O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari deb tanishtirgan.

Shu tariqa, u bir qancha fuqarodan juda katta miqdorda pul olib o‘zlashtirgan. Masalan, u O‘zbekiston fuqaroligini olib berish va'dasi bilan Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan ayoldan 1500 dollar olgan.

“7 marta amnistiya akti qo‘llanilib, jazodan ozod qilingan bir insonga nisbatan bundan ortiq bag‘rikenglik bo‘lmasa kerak. Bunday insonparvarlikning qadriga yetmaslik ko‘rnamaklik emasmi?” deb yozadi Adliya vazirligi nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish