Jamiyat | 17:13 / 15.08.2015
1814
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadordagi norozilik namoyishlarida 80dan ortiq politsiyachi jabrlandi

Ekvadorda hukumatga qarshi uyushtirilgan norozilik namoyishlari chog‘ida kamida 83 nafar politsiyachi jabrlandi. Bu haqda Gama TV davlat telekanali axborot berdi.
Aytilishicha, politsiyachilardan 2 nafari og‘ir ahvolda.

Mamlakatning turli shaharlarida o‘tkazilgan mitinglarning 43 nafar faoli hibsga olindi.
“Namoyishlar chog‘ida kutilmagan darajada zo‘ravonlikka qo‘l urildi”, – dedi politsiya rahbari Patritsio Pazmino.
Mitinglarda kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari faollari ishtirok etdi. Ularni tarqatib yuborish uchun yoshlantiruvchi gazdan foydalanildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish