Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 3 yil ichida 18.5 ming qishloqqa elektr tarmog‘i o‘tkaziladi
Keyingi 3 yil mobaynida Hindistondagi 18.5 ming qishloq elektr quvvati bilan ta'minlanadi. Bu haqda 15 avgust kuni mamlakat mustaqilligi munosabati bilan qilgan chiqishida bosh vazir Narendra Modi bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, “hukumat 2022 yilga qadar Hindistonning har bir uyini asosiy xizmatlar, jumladan, elektr quvvati bilan ta'minlamoqchi”.
“Biz keyingi ming kun davomida elektrsiz qolayotgan barcha 18.5 qishloqqa elektr tarmog‘i o‘tkazish haqida qaror qildik”, – qo‘shimcha qildi u.
1947 yili Hindiston mustaqilligi akti qabul qilingan edi. Aynan shu kuni birinchi bosh vazir Javoharla'l Neru Dehlidagi Qizil fort devorlari uzra mustaqil respublika bayrog‘ini ko‘targan edi. Shundan buyon har yili 15 avgust kuni mustaqillik bayrami keng nishonlanadi.