Jamiyat | 18:21 / 15.08.2015
6555
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek kinosida “Samoviy saltanat” yulduzi ishtirok etadi

Ayni kunlarda rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan “Baron” filmi suratga olinmoqda. Unda bosh rollarni aktyorlar Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Jamila G‘ofurova va Shahzoda Matchonovalar ijro etmoqda.

Bundan tashqari, filmda Hollivud aktyori, asli suriyalik Hassan Mas'ud ishtirok etayotgani ma'lum bo‘ldi. Aktyorning Rustam Sa'diyev bilan birga tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Hassan Mas'ud 1958 yili Dashaqda tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini ancha kech boshlaganiga qaramay, bir qator yirik kinoloyihalarda ishtirok etib, mashhurlikka erishgan. Uni o‘zbekistonlik kino muxlislari 2005 yili taqdim etilgan “Samoviy saltanat” filmida jonlantirgan sulton Salohiddin Ayyubiy obrazi orqali yaxshi taniydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish