Jamiyat | 09:24 / 15.08.2015
2349
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun 6 yilga qamaldi

O‘zbekiston sudi qashqadaryolik Abbos G‘ulomovni Rossiyada odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Qashqadaryo prokuraturasiga tayangan holda Interfaks agentligi xabar berdi.
“Qashqadaryolik Abbos G‘ulomov 7 nafar yurtdoshiga yuqori maosh va'da qilib, Rossiyaga olib chiqdi. U yerda gumondor ishchilarning pasportlarini olib qo‘yib, Moskva viloyatidagi qurilish obektlarida ishlashga majbur qildi, maoshni esa o‘ziga oldi”, – deyiladi prokuratura xabarnomasida.
O‘zbekistonga qaytib kelgan jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdi. G‘ulomov Jinoyat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra odam savdosida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish