Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik dizayner echkilar ichida uch kun yashadi
Britaniyalik dizayner Tomas Tveyts Shveytsariyadagi Alp tog‘lariga borib, uch kun davomida echkilar ichida yashadi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda.

Dizayner echkilarga qisman o‘xshash uchun qo‘l va oyoqlariga maxsus protezlar o‘rnattirdi. Ammo, Tveytsning tan olishicha, bu bilan echkilarni alday olmadi: jonivorlar uni qabul qilmagan va u nuqul podadan ortda qoldirib ketilgan.
Ammo, erkakning ta'kidlashicha, bu megapolisdagi hayotdan dam olishning ajoyib usulidir.
Endilikda Tveyts o‘z sarguzashtlari asosida “Echki-odam: insonlikdan qanday dam olganim haqida” nomli kitob yozmoqchi.