Jamiyat | 17:40 / 16.08.2015
1894
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriyada ikki poyezdning to‘qnashuvida 19 kishi jabrlandi

Budapesht chetida ikki poyezdning betma-bet to‘qnashishi oqibatida 19 nafar yo‘lovchi jarohatlandi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda. Jabrlanganlar ichida sostavlardan birining mashinisti ham borligi aytilmoqda.

To‘qnashuv sodir bo‘lgan paytda har ikkala poyezd 20 km/soat tezlikda harakatlanayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish