Vyacheslav Soloxo boshchiligidagi 19 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Nankin shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati dastlabki uchrashuvida musobaqa mezboni Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
"A" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi dastlabki uchrashuvni yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Xitoyliklar O‘zbekiston darvozasiga javobsiz 9ta gol kiritishga muvafaq bo‘ldi.
Guruhning boshqa bir uchrashuvida Yaponiya Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi o‘zining keyingi uchrashuvini 20 avgust kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.
U-19 ayollar Osiyo chempionati
Nankin, Xitoy.
"A" guruhi.
Xitoy - O‘zbekiston 9:0
Gollar: Shi Tainlun (14), Xiao Yuyi (20, 41, 58), Yan Jinjin (31, 32, 51), Zang Zu (66)
Xitoy: Peng Shimeng, Uang Ying, Uan Ruyi, Mang Ying Shuang (Lui Yang), Chin Manman (Xu Jiameng), Shi Tainlun, Xiao Yuyi, Vu Chengshu, Pan Jiaxui, Dong Jiabao, Yan Jinjin (Zang Zu)
O‘zbekiston: Laylo Tilolova, Nilufar Qudratova, Fayoza Samandarova (Shodiya Tosheva), Lianna Norbekova, Maftuna Shoyimova, Umida Zoirova, Dilnoza Bektemirova, Dildora Nozimova, Shoxida Tojiddinova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova.
Manba: the-uff.com