Jamiyat | 16:06 / 18.08.2015
3115
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshilik yigit Rossiyada odam savdosi bilan shug‘ullangani tufayli 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qarshilik Abbos G‘ulomov Rossiyada odam savdosi bilan shug‘ullangani tufayli 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, u Qarshi tumanida yashovchi Shahzod va Sardor Mamadiyorovga kuniga ming rubldan maosh va'da qilib, Moskvadagi qurilishlardan biriga olib borgan. Ularning ketidan ish qidirib tanishlari Akmal To‘rayev, Ma'ruf Norqulov, Abror Begimov, Samad Botirov va Ilhom Jo‘rayev ham kelgan.

G‘ulomov ularning pasportlarini olib qo‘yib, ikki oy mobaynida ishlatgan. Ularning maoshlarini esa o‘ziga olib qolgan. Shu tariqa u Shahzod Mamadiyorovning 4 mln, S. Mamadiyorovning 4.8 mln, Akmal To‘rayevning 1.64 mln, Ma'ruf Norqulovning 1.4 mln, Abror Begimovning 3.69 mln, Samad Botirovning 1.44 mln so‘mlik maoshlarini o‘zlashtirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi Abbos G‘ulomovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Biroq uning jazo muddati amnistiya tufayli uchdan birga qisqartirildi.

Bundan tashqari, G‘ulomov yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplaydigan bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish