Jamiyat | 17:33 / 18.08.2015
9312
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent MDHdagi eng mashhur turistik shaharlar o‘nligida oxirgi o‘rinni egalladi

Rossiyaning Oktogo turistik portali tomonidan rossiyalik sayyohlar diqqatini jalb qiladigan asosiy yo‘nalishlar hamda eng qimmat shaharlar reytinglari e'lon qilindi. Aytilishicha, ushbu reytinglarni tuzishda 2015 yil avgustida turli shaharlarda rossiyaliklar tomonidan buyurtma qilingan mehmonxona o‘rinlari haqidagi ma'lumotlarga asoslanilgan.

MDH davlatlari hududida joylashgan eng qimmat shaharlar o‘nligida birinchi o‘rinni Boku, oxirgi o‘rinni esa Bishkek egalladi. Ro‘yxatga, shuningdek, Minsk, Bishkek, Olma-Ota, Ostona, Yerevan, Kishinyov, Tbilisi, Kiyev va Toshkent kirdi.
Xuddi shu shaharlarning turistlar orasidagi mashhurlik darajasi bo‘yicha tuzilgan reyting shuni ko‘rsatdiki, u yerda sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning qimmat yo arzonligi bu shaharlarning mashhurligiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu reytingda birinchi o‘ringa Minsk, oxirgi o‘ringa esa Toshkent qo‘yildi.

Mamlakatlar bo‘yicha hisoblanganda esa, rossiyalik sayyohlar uchun MDHdagi eng qimmat davlatlar deb Qozog‘iston va Ozarbayjon topildi. Uzoq xorij davlatlarida esa Tanzaniya va Dominikan Respublikasi eng davlatlar topildi – bu yerda rossiyalik turist bir kunda o‘rtacha, muvofiq ravishda, 250 va 195 dollardan sarflaydi. Eng arzon davlat deb esa Gruziya tan olindi.

Uzoq xorij davlatlarining rossiyaliklar orasida eng mashhur turistik yo‘nalishlari deb Tailand, Vetnam va Kuba topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish