Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:08 / 20.08.2015
6431
1 daqiqa o‘qiladi
Yevgeniy Yevtushenko Moskvadagi shifoxonaga yotqizildi
Shoir Yevgeniy Yevtushenko Moskva kasalxonalarining biriga nafas olishdagi muammo sababli yotqizildi.
Qayd etilishicha, shoir jarrohlik amaliyotiga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 83 yoshli Yevtushenko so‘nggi vaqtlarda nafas olishga qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan edi. Shuningdek, o‘zini darmonsiz sezgani bois shifoxonaga murojaat qilgan.
O‘tgan yili Yevtushenko Rostov-na-Donu kasalxonasiga yiqilib boshidan jarohat olgani uchun yotqizilgandi. Keyinroq esa Moskvaga olib o‘tilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish