Jamiyat | 17:11 / 21.08.2015
3288
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada ovchilar xatolik tufayli bir necha noyob qushlarni o‘ldirishdi

Yangi Zelandiyaning Motutapu orolida qushlarni otish taqiqlab qo‘yildi. Bunga ovchilar tomonidan xatolik tufayli yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan bir necha noyob qushlarning otib qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

Bungacha mahalliy ovchilar faqatgina Oklend atrofida pukeko yoki sulton tustovuqlari turiga mansub qushlarni otishi mumkin edi.

Ma'lum qilinishicha, ovchilar bu qoidaga rioya qilmagan holda takaxe turiga mansub, ranglari pukekonikiga o‘xshash lekin undan 2 barobar yirik bo‘lgan qushlarni ovlashgan.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab 300 donaga yaqin takaxe qushlari saqlanib qolgan.

Yangi Zelandiya hukumati bu voqeadan qayg‘uda ekanini ma'lum qilgan va ovchilardan o‘ta ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish