Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Daniya Germaniya bilan temir yo‘l aloqasini tikladi
Daniya bugun, 10 sentabr kuni noqonuniy muhojirlar tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Germaniya bilan temir yo‘l aloqasini qaytadan tikladi. Bu haqda “Belga” agentligi ma'lum qildi.
Poyezdlar harakati skandinaviya davlati janubidagi Padborg shahridan boshlandi. Ayni paytda, Daniya va Germaniya paromlari kechib o‘tuvchi terminal joylashgan Redbyu-Puttgarden yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l aloqasi tiklangani yo‘q, deya ma'lum qildi Daniya temir yo‘llari (DSB).
Ish kunlari Gamburg va Kopengagen yo‘nalishida har kuni ikkala yo‘nalishda 5 poyezd, Flensburg- Padborg yo‘nalishida esa eng kamida o‘n poyezd tarkibi harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Daniya huquqni muhofaza qilish organlarining temir yo‘l harakatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori so‘nggi kunlarda Germaniyadan Daniya hududi orqali ko‘p miqdordagi noqonuniy muhojirlarning Shvetsiyaga o‘tib olib, o‘sha yerda boshpana topishga urinishi kuchaygani sabab qabul qilindi. Shu munosabat bilan chegaralarda pasport nazorati kuchaytirildi.
Chorshanba, 9 sentabr kuni chegarachilar Redbyuda temir yo‘l tarkibida 340 nafar qochqinni qo‘lga olgan edi. Ular datlar ularga boshpana bermasdan, ortga — Germaniyaga qaytarib yuborishlaridan cho‘chib vagonlarni tark etishni istashmagan. Politsiya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng minglab muhojirlar Daniya hududida qolishga rozi bo‘lgan.