Jahon | 10:52 / 10.09.2015
2324
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: Obama Rim papasini shaxsan kutib oladi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan 22 sentabr kuni Merilend shtatidagi Endryus harbiy-havo bazasiga qo‘nuvchi Rim papasi bo‘lgan samolyotni kutib olishga chiqadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi yordamchisi Erik Shults ma'lum qildi.

“Obama va AQShning birinchi xonimi Rim papasi Frantsiskni 22 sentabr kuni bazada kutib oladi. Keyingi, 23 sentabr kuni pontifik Oq uyga tashrif buyuradi”, – dedi u jurnalistlarga.

Shultsning qayd etishicha, AQShga uchib keluvchi chet ellik yetakchilarni davlat rahbarining o‘zi kutib olishga majbur emas. Biroq kichik Jorj Bush ham 2008 yili Rim papasi Benediktni Endryu bazasida qarshi olgan edi.

266- Rim papasi AQShdan darhol Kubaga apostol tashrifi bilan boradi. Frantsisk Oq uyga tashrif buyurib, Obama bilan shaxsan uchrashgan uchinchi Rim papasi bo‘ladi. U 24 sentabr kuni Amerika qonunchilik organining har ikki palatasi majlisida nutq so‘zlaydi.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Rim papasi 25 sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib, BMTga o‘z murojaatini taqdim etishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish