Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 10 ming nafar suriyalik qochqinlarni qabul qiladi
AQSh hukumatning 10 ming nafar suriyalik qochqinlarni qabul qilishga qaror qilganligi sababli qo‘shimcha moliyaviy majburiyatlar hamda xavfsizlik borasidagi dastlabki chora tadbirlarni ko‘rishi lozim, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda Oq uyning matbuot-kotibi Josh Ernest ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh prezidenti Barak Obama federal agentlikdan qochqinlar kelishiga tayyorgarlik ko‘rishni so‘ragan.
Avvalroq Oq uy Yevropaga qochqinlar borasida yordam berish masalasini ko‘rib chiqishi haqida xabar berilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, AQSh Suriyaga umumiy hisobda 4 mlrd dollardan oshiqroq gumanitar yordam ko‘rsatgan va uning 1 mlrd dollari 2015 yilda amalga oshirilgan.