Jahon | 09:16 / 11.09.2015
2032
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada poyezd izdan chiqishi natijasida 18 kishi jabrlandi

Belgiya poytaxti Bryussel shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Byuizigen shaharchasidagi temir yo‘l bekatida yo‘lovchi poyezd vagonlari izdan chiqib ketdi va kamida 18 kishi shikastlandi. Bu haqda hodisa joyida ish olib borayotgan qutqaruvchilardan biri jurnalistlarga ma'lum qilgan.

"Ushbu hodisa tufayli 12 kishi yengil jarohatlar olgan, yana 6 kishining ahvoli biroz jiddiyroq. Lekin ularning hayoti xavf ostida emas", deydi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra poyezdda 200 nafardan ortiq yo‘lovchi ketayotgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish