Jahon | 21:07 / 11.09.2015
3487
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya parlamenti evtanaziyani qonuniylashtirishni rad etdi

Buyuk Britaniya parlamenti evtanaziyani tegishli qonun loyihasini rad etgan holda qonuniylashtirishdan bosh tortdi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Qonun loyihasining qabul qilinishiga qonun chiqaruvchi palataning 330 a'zosi qarshi chiqdi, 118 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Ayni paytda evtanaziya Buyuk Britaniyada qotillikka tenglashtiriladi.
Taklif qilingan qonun loyihasida kasallikning termal bosqichidagi inson hayotdan ketishi haqida yordam so‘rashi aytib o‘tilgan bo‘lib, shifokorlar bunda bemorning yashashiga 6 oydan ko‘p vaqt qolmagani haqida rasmiy xulosa berishlari kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish