Jahon | 15:38 / 11.09.2015
2850
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva Litvani polyaklarga jabr ko‘rsatishda aybladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Litvadagi kamsonli millatlardan bo‘lgan polyaklardan xavotirda ekanini bildirdi.

“Huquq himoyachilari Litva hukumati tomonidan ko‘rilayotgan mazkur mamlakatdagi polyak milliy ozchiligi reja asosida yo‘q qilish choralaridan xavotirda”, – dedi TIVning inson huquqlari bo‘yicha vakili Konstantin Dolgov Tvitter ijtimoiy tarmog‘i orqali.

Dolgovning so‘zlariga ko‘ra, ta'lim to‘g‘risidagi Litva qonuni polyaklarning “litvalanish”ga majbur qiladi. Vazirlik pozitsiyasiga ko‘ra, bu holat “Boltiqbo‘yi mamlakatida milliy ozchilikni tashkil etuvchi xalqlar huquqlarini ta'minlashda qoniqarsiz vaziyat” mavjud ekanini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 3 sentabr kuni Litvadagi polyak maktablarida ta'lim tizimida tenglik bo‘lishini talab qilib, ommaviy ish tashlash e'lon qilingan edi.

Ma'lumot o‘rnida, Litvada polyak tilida so‘zlashuvchilar aholining 8 foizdan ortig‘ini tashkil etib, 2001 yilgi ma'lumotda ular soni 212 ming nafardan ortiq ekani qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish