Jahon | 20:45 / 11.09.2015
4347
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov muqaddas kitoblarni taqiqlashni man etishni talab qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov sudlarga Qur'ondagi matnlar yoki boshqa ilohiy kitoblar bo‘yicha qandaydir qaror chiqarishni man qiluvchi qonunning qabul qilinishi zarurligini aytdi. Bu haqda Qodirov o‘zining instagramida yozdi. 

“Sudlar faqatgina odamlar tomonidan yozilgan kitoblarni muhokama qilishi, bunday kitoblarda ekstremizm, milliychilik va radikallik alomatlarining mavjudligi haqida savol qo‘yishi, ularni taqiqlash haqida hukm chiqarishi mumkin. Aks holda sud hakamining o‘ylanmagan va noprofessional harakatlari qaytarib bo‘lmas va fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deb aytmoqda Qodirov.

Bundan tashqari, Qodirov davlatning kuchi jumladan uning ko‘p millatliligi va ko‘p diniyligidan ham iboratligi, shuning uchun umumrossiya qadriyatlariga putur yetkazish Rossiyaning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Bundan avval Ramzon Qodirov Janubiy-Saxalinsk sud hakami Natalya Perchenko va prokuror Tatyana Bilobrovetsni “Molba k Bogu: yeye znacheniye i mesto v islame” (“Allohga iltijo (duo): uning islomdagi ahamiyati va o‘rni”) kitobini ekstremistik deb topganlari uchun “shaytonlar” deb atagan edi.

Rossiya bosh prokuraturasi hakamning yonini olib, hakamlar va prokurorlarni ularning kasbiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda haqoratlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish