Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:01 / 11.09.2015
1996
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyada 150 mingdan ko‘proq odam suv toshqinlari sababli evakuatsiya qilindi
Yaponiya hukumati mamlakatning sharqida kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va yer surilishi yuz bergani tufayli 150 ming odamni evakuatsiya qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasi.
10 kishi bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilindi. Tabiiy ofatning avjga chiqishi oqibatida yuzlab uylar suv ostida, 200 ga yaqin kishi boshpanasiz qoldi.
Fojia joyidan 100 ga yaqin kishi vertolyotlarda evakuatsiya qilindi. Aholiga yordam berish uchun Yaponiya armiyasi bo‘linmalari yetib keldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish