Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Makkadagi fojiadan keyin barcha musulmonlarga yordam berishga va'da berdi
AQSh Makkadagi fojia yuzasidan Saudiya Arabistoniga hamdardlik bildirdi hamda bu mamlakat va butun dunyo bo‘ylab boshqa musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 11 sentabr kechasi yuz bergan fojia yuzasidan shunday bayonot bilan chiqqan.
11 sentabr kuni qurilish krani Makkadagi “Al-Harom” masjidi ustiga qulab tushdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra fojia oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi, yana 238 kishi jarohat oldi.
“Bu yilgi haj vaqtida islom diniga amal qiluvchi barcha musulmonlar uchun tabarruk joyda yuz bergan bu mudhish fojiadan keyin AQSh Saudiya Arabistoni va butun dunyo musulmonlari bilan yelkama-yelka turadi”, deb aytdi Kerri.
Kerri, shuningdek, fojia qurbonlarining yaqinlari va oilalariga hamdardlik bildirgan.