Jahon | 09:25 / 12.09.2015
2565
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Rossiya brakonerlikka qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv imzoladi

AQSh Davlat departamenti AQSh va Rossiya vositachilari delegatsiyalari yondosh hududlarda brakonerlikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolaganlarini ma'lum qildi. Bu haqda departamentning saytida ma'lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, 2015 yil 11 sentabrda rossiyalik va amerikalik vositachilar noqonuniy, ro‘yxatdan o‘tmagan va tartibga solinmagan baliq oviga qarshi ikki tomonlama kelishuvni imzolashdi.

Uzoq vaqt davomida hukumatlar noqonuniy baliq oviga qarshi kurashish algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilib keldi.

Hujjat Oregon shtatidagi Portlend shahrida har yilgi Intergovernmental Consultative Committee (ICC) 26-Xalqaro uchrashuvida imzolangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish