Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan noqonuniy o‘tgan talaba jazolandi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilib, viloyatimiz oliygohlaridan birida tahsil olayotgan talaba qiz Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatida yashovchi buvisi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarni eshitgach, dafn marosimiga borishni rejalashtirdi. Biroq qonunda belgilangan tartib - qoidaga amal qilmadi.
Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay QFY Qizilyozi MFY aholi punkti orqali Qirg‘iziston Respublikasi Alabuqa tumaniga o‘tadi. Buvisining dafn marosimiga qatnashib, yana shu kunning o‘zida ortiga qaytadi. Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay QFY Qizilyozi MFY hududiga kirib kelgan paytda harbiy qism askarlari ushlab holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdilar.
Kosonsoy tuman sudi bu talaba qizga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223 - modda 2 - qismi «v» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atib, eng kam oylik ish haqining 8 baravari miqdorida 768 ming 840 so‘m miqdorda jarima jazosini tayinladi, deb yozadi "Telegraf.uz" nashri.