Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya derazadan ov miltig‘ida o‘q otgan moskvalikni hibsga oldi
Politsiya Rossiya poytaxti Moskva shahri sharqida derazadan turib ov miltig‘ida o‘q otgan erkak kishini qo‘lga oldi. TASS xabariga ko‘ra, otishmadan jabr ko‘rganlar yo‘q.
Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da noma'lum shaxs o‘z uyi derazasidan ov miltig‘ida o‘q uzgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari qonunbuzarni qo‘lga olib, tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib kelgan.
Poytaxt huquq-tartibot organidagi axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, erkak kishi qo‘lga olinish vaqtida alkogol yoki giyohvand modda ta'sirida bo‘lgan.
Politsiya matbuot xizmati esa hodisaning ro‘y berganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlari to‘g‘risida to‘xtalmagan.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi hodisalar Rossiyada tez-tez sodir bo‘lib turadi. Jumladan, 2015 yilning aprel oyida Moskva viloyatining Maxalovka posyolkasida mast erkak o‘z uyidan o‘tkinchilarga qarata o‘q otib, bir kishini jarohatlagan edi.