Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Saudiya Arabistoniga Makkadagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 sentabr kuni Makka shahrida kuchli shamol natijasida hududdagi eng yirik masjidlardan biri "Haram" masjidi ustiga qurilish krani qulashi natijasida 100dan ortiq ziyoratchilarning halok bo‘lgani munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy saytida yozilgan.
"Rossiya davlati rahbari qayd etadiki, Rossiya haj mavsumi munosabati bilan Makka shahriga tashrif buyurgan kishilarning baxtsiz voqea natijasida halok bo‘lishi tufayli qattiq afsusda", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Vladimir Putin fojia tufayli halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga o‘z ta'ziyasini izhor qilgan hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya muftiylar kengashi Makkada “Al-Harom” masjidi ustiga qurilish krani qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida rossiyaliklar yo‘qligini ma'lum qilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa tufayli halok bo‘lganlar soni 107 nafarni, jarohatlanganlar esa 238 nafarni tashkil etdi.
O‘zbekiston din ishlari qo‘mitasi Makka shahrida yuz bergan baxtsiz voqea vaqtida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabr ko‘rmagani ma'lum qilgan.
Biroz oldinroq, Makkadagi baxtsiz voqea tufayli halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligi haqida rasmiy xabar tarqatdi.