Jahon | 06:33 / 12.09.2015
5480
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Makkada haj ziyorati paytida halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali 11 sentabrda Makkada haj ziyorati paytida ko‘p tonnalik qurilish kranining “Al-Harom” masjidi hovlisiga qulashi oqibatida yuz bergan fojiada halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi. Qodirov jarohat olganlarga tezroq tuzalib ketishlarini tilab qoldi.

“Men halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirilib qolaman va jarohat olganlarga tezroq tuzalib ketishlarini tilab qolaman. Allohning bizga rahmi qilsin!”, deb yozmoqda Qodirov o‘z blogida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish