Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya muftiylar kengashi: Makkada halok bo‘lganlar orasida rossiyaliklar yo‘q
Rossiya muftiylar kengashi Makkada “Al-Harom” masjidi ustiga qurilish krani qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida rossiyaliklar yo‘qligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Shuni ma'lum qilishim mumkinki, rossiyalik ziyoratchilar orasida halok bo‘lganlar yo‘q. Bu ma'lumotlarni Rossiyaning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi rasman tasdiqlaydi”, deb aytdi muftiylar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Ravshan Abbosov.
Abbosovning aytishicha, hozircha rossiyaliklarning aksariyat qismi hali Makkaga haj safariga yetib kelmagan. Saudiya Arabistoniga yetib kelgan rossiyaliklarning ko‘pchiligi hozirda Madinada ekanliklari aytilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Makkadagi fojia oqibatida 107 kishi halok bo‘lgan, 238 kishi jarohat olgan.