Jahon | 18:38 / 12.09.2015
2961
1 daqiqa o‘qiladi

YuKOSning sobiq aksiyadorlari Berlin sudidan Rossiyaning 42 mlrd dollarlik aktivlarini hibsga olishni so‘ramoqda

YuKOS neft kompaniyasining sobiq aksiyadorlari Berlin oliy hududiy sudiga 42 mlrd dollar undirish maqsadida Rossiya davlat aktivlarini hibsga olishni so‘rab da'vo arizasi topshirdi, deb yozmoqda Der Spiegel nashri.

Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Germaniya hududidagi ko‘chmas mulki hamda Rossiya davlat energetik kompaniyalarining Germaniyadagi bitimlardan olgan daromadlari hibsga olinishi mumkin.

Avvalroq Rossiya hukumati Dumaga Rossiya mulkining xorijda noqonuniy hibsga olinishiga javob tariqasida xorijiy mulkka cheklovchi choralarni kiritish imkonini beruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi. Qayd etilishicha, qonun loyihasi birinchi marta Rossiya sudi tomonidan o‘zaro javob berish tamoyili asosida xorijiy davlatning immunitetini cheklash imkoniyatini ko‘zda tutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish