Jahon | 20:01 / 13.09.2015
2969
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya TIV: muhojirlar Yevropada o‘zlari uchun joy tanlashga haqli emas

Germaniya tashqi ishlar vaziri Tomas de Mezerning aytishicha, Yevropaga yordam so‘rab kelayotgan qochqinlar bu yerda o‘zlari uchun qulay joylarni tanlashga haqli emas.

"Biz ularga o‘zlari qayerni istasa, o‘sha yerga joylashishlariga yo‘l qo‘masligimiz kerak", deydi u Der Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, qochqinlar avvaliga boshqa mamlakatga, yoqmasa boshqa ikkinchi mamlakatga ko‘chib o‘rnashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

YeI davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 14 sentabr kuni 160 ming nafar muhojirni qit'a bo‘ylab tarqatish masalasini hal qilish uchun Bryusselda uchrashishadi.

Qayd etish kerakki, Chexiya allaqachon muhojirlarni kvotalar bo‘yicha taqsimlab olish bo‘yicha takliflarga rozi emasligini bildirgan. Chexiya bosh vaziri mamlakat faqatgina 1,5 ming nafar muhojirni qabul qila olishini aytgan, YeI tomonidan taklif etilgan kvotada esa Chexiya uchun 3 ming nafarga yaqin muhojir ajratilgandi.

Bundan tashqari, Latviyada ham Bryussel tomonidan taklif qilingan bu tashabbus qo‘llab-quvvatlanmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish