Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada minglab kishilar o‘rmon yong‘inlari tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lishmoqda
Minglab kaliforniyaliklar AQShning shimoliy shtatlari bo‘ylab tarqalgan o‘rmon yong‘inlari tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishmoqda. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bergan.
Hududda davom etayotgan shamollar va issiq harorat yong‘inning kuchayishi hamda kengroq tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurash chog‘ida shu vaqtgacha 4 nafar o‘t o‘chiruvchi shikastlangan. Yuzlab uylar olov domida qolgan.
Xabar qilinishicha, AQSh g‘arbida shu yili ro‘y bergan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf qilish ishlari uchun sarflangan xarajat miqdori 1,23 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu esa 2002 yildagi rekord natijaga (1,65 mlrd dollar) yaqin qolganini ko‘rsatadi.




