Jahon | 20:39 / 13.09.2015
6449
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: G‘arb Asadga Suriyada joy yo‘q deya qattiq yanglishmoqda

G‘arb siyosatchilari Suriya prezidenti Bashar Asadga mamlakatning kelajagida joy yo‘q deya o‘zlarini burchakka taqab qo‘ymoqdalar, chunki o‘z munosabatlarini o‘zgartirish va yuzlarini yo‘qotib qo‘yishdan balki qo‘rqmoqdalar, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Birinchi kanalidagi “Voskresnoye vremya” ko‘rsatuvi efirida.

“G‘arb Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Rossiyaning takliflarini eshitishga tayyormi?” degan savolga Lavrov “Fikrimcha, ular hammasini juda yaxshi eshitmoqdalar” deya javob berdi.

“Shunchaki bir necha yil oldin uqdirilgan Suriyadagi tartibni o‘zgartirish haqidagi fikr ularga hozir o‘z munosabatlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymayapti. Balki ular yuzlarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqayotgandirlar. G‘arbdagi ko‘pchilik siyosatchilar o‘zlarining harakatlari saylovchilar tomonidan qanday qabul qilinishiga qaramoqdalar. Ular “Bashar Asadga Suriyaning kelajagida o‘rin yo‘q, biz u bilan bitta stolga o‘tirmaymiz va u bilan hech qanday umumiy jihatga ega bo‘lmaymiz” deya o‘zlarini burchakka taqab qo‘ydilar. Bu siyosatchilar uchun katta xatodir”, deb aytmoqda Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish