Jahon | 16:21 / 13.09.2015
3047
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovada hukumatga qarshi navbatdagi namoyish boshlandi

Moldova poytaxti Kishinyov shahri markazida muxolif partiya "DA" (Demnitate si adevar) tarafdorlari navbatdagi norozilik namoyishiga chiqishdi. Bu haqda Interfaks xabar bergan.

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, shaharning markaziy maydonidagi Milliy majlis binosi atrofida 15 ming nafarga yaqin kishi to‘plangan.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari namoyishchilarning harakatlariga qarshilik ko‘rsatishmayapti, lekin parlament atrofida politsiyachilar to‘sig‘i barpo etilgan.

Biroz oldinroq, Moldaviyada namoyishlarning oldini olish maqsadida elektr, gaz va non uchun narxlarni pasaytirgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham o‘n minglab kishilar Moldova poytaxtida to‘planib, prezident Nikolaye Timoftining iste'fosini talab qilgan hamda 2016 yilning martigacha navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni so‘rashgandi.

Bugun ertalab esa, muxoliflarning yetakchilari yana bir marta keng ko‘lamli namoyishlar o‘tkazish bilan tahdid qilishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish