Jahon | 12:53 / 13.09.2015
2363
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovadagi muxoliflar yana bir marta keng ko‘lamli namoyishlar o‘tkazishmoqchi

Kishinyov shahridagi hukumatdan norozi guruhlar navbatdagi namoyishlar to‘lqinini o‘tkazishmoqchi.

O‘tgan haftada o‘n minglab kishilar Moldova poytaxtida to‘planib, prezident Nikolaye Timoftining iste'fosini talab qilgan hamda 2016 yilning martigacha navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni so‘rashgandi.

Norozi kishilar Kishniyovning markaziy maydonida palatkadan vaqtinchalik turar joylar barpo qilishgan va o‘z talablari qndirilmagunicha bu yerdan ketishmasligini aytishgandi.

Ular shuningdek, mamlakatdagi banklardan 1 milliard dollarning qayerga ketgani bo‘yicha izoh berilishini so‘rashgan.

Moldova bosh vaziri Valeriy Srtelets namoyishlarga javoban muzokara o‘tkazish taklifini bildirgach, namoyishchilar tarqalishgandi.

O‘z navbatida, Moldova prezidenti iste'foga ketmasligini aytgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan oyda Yevropa kengashi bosh kotibi Turbern Yagland mazkur mamlakatdagi inqiroz esa o‘z chegaralaridan tashqariga chiqishi va Moldova navbatdagi qaynoq nuqta bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish