Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Saudiya Arabistoni qiroliga Makkadagi fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saudga Makkada “Al-Harom” masjidida yuz bergan fojia yuzasidan telegramma jo‘natdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Telegrammada Qozog‘iston yetakchisi ko‘p sondagi odamlar halok bo‘lgan va jarohat olgan fojia haqidagi xabarni chuqur ta'ziya bilan qabul qilgani qayd etilgan. Nursulton Nazarboyev butun qozoq xalqi va o‘z nomidan Makkadagi fojiada o‘z yaqinlaridan ayrilib qolgan oilalarga hamdardlik bildirdi hamda jarohat olganlarga tezroq tuzalib ketishlarini tilab qoldi.