Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov: Rossiya Suriyaga qurol-aslaha yetkazib berishni davom ettiraveradi
Rossiya Suriya rahbariyatiga terrorchilikka karshi kurashda harbiy-texnik ko‘mak ko‘rsatishni davom ettiraveradi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Birinchi kanalidagi “Voskresnoye vremya” ko‘rsatuvi efirida.
“Shak-shubhasiz, Suriyaga qurol-aslaha yetkazib berilgan, berilmoqda va bu davom etaveradi. Qurol-aslahalar bilan birga ularni o‘rnatishga yordam berish, suriyalik harbiylarni bu qurol-aslahalar bilan ishlashga o‘rgatish uchun rossiyalik mutaxassislarni yubormoqda. Bu yerda hech qanday sir-sinoatlar yo‘q”, deb ta'kidlamoqda Lavrov.
Lavrovning aytishicha, Moskva Suriya rahbariyatiga terrorchilik xavfi bilan to‘qnashayotgan Iroq va boshqa davlatlar rahbariyatiga yordam bergandek yordam berishini aytgan. “Bizning harbiy-texnik hamkorligimiz aynan shu maqsadlarga yo‘naltirilgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Lavrov, shuningdek, barcha g‘arbiy hamkorlar Yaqin Sharqda va Shimoliy Afrikadagi bosh xavf Bashar Asad rejimi emas, balki “IShID” terrorchilik guruhi ekanligini tan olmoqdalar.
“Bizning barcha harbiy hamkorlarimizning hammasi Yaqin Sharqda va Shimoliy Afrikada nima bosh xavf ekanligini yaxshi tushunishlarini aytmoqdalar. Bu Bashar Asad rejimi emas, balki “IShID”dir. Agar buni hamma tan olsa, biroq buni ochiqchasiga aytishga qo‘rqib pichirlab aytayotgan bo‘lsalar ham, unda bunga qarshi amaliy harakatlarni amalga oshirish kerak”, deb aytmoqda Lavrov.
Lavrovning aytishicha, AQSh Asad bilan kelishishni istamayotganini ochiqchasiga ta'kidlamoqda.
Lavrov Suriyada kimyoviy qurolni yo‘q qilish kerakligida Bashar Asad mutlaq qonunan qabul qilingani, uning mos konvensiyaga qo‘shilishi BMT Xavfsizlik kengashida qarshilanganini eslatib o‘tdi.