Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Adolat va rivojlanish partiyasi yetakchisi lavozimiga qayta saylandi
Turkiyaning muvaqqat hukumati boshlig‘i Ahmet Dovudo‘g‘lu Adolat va rivojlanish partiyasi yetakchisi lavozimiga qayta saylandi. Ovoz berish partiyaning Anqarada bo‘lib o‘tgan navbatdagi 5-s'yezdida bo‘lib o‘tdi.
Dovudo‘g‘lu bu lavozimni sentabr oyidan beri – undan oldingi yetakchi Rajab Toyib Erdo‘g‘an partiyani tark etib, Turkiya prezidenti etib saylangandan keyin egallab kelayotgan edi. Bosh vazir nomzodi partiya taklif qilgan yagona nomzod bo‘ldi. Uning nomzodini s'yezdda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha 1353 delegat qo‘llab-quvvatladi.
Shu tariqa Dovudo‘g‘lu Adolat va rivojlanish partiyasini 1 noyabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlariga olib boradi.