Jahon | 15:52 / 13.09.2015
2674
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yuz bergan portlash natijasida 2 politsiyachi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Sirnoq provinsiyasida nazorat-o‘tish nuqtasi idorasida portlash yuz berib, 2 nafar turkiyalik politsiyachining o‘limiga va yana 5 nafar politsiyachining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi.

Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, ushbu terakt Kurdiston ishchilar partiyasi tashkiloti a'zolari tomonidan amalga oshirildi.

Hujum qilgan guruhning ikki vakili ham vertolyot orqali ta'qib etish jarayonida yo‘q qilingan. Omon qolgan jangarilar tog‘li hududga yashirinishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 yil oldin Turkiya hukumati kurdlar bilan sulh tuzgandi. Lekin shu yilning iyul oyida bu sulh buzildi va o‘tgan vaqt ichida mamlakat hududida o‘nlab teraktlar sodir etilib, 100 nafardan ortiq turkiyalik politsiyachilar va harbiylar halok bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish