00:15 / 16.09.2015
19189

Zargarlar Putinning tug‘ilgan kuniga atab oq oltindan Apple Watch soatini yaratishdi

Caviar zargarlik brendi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilganiga kuniga atab Apple Watch smart-soatlari kolletsiyasini chiqardi. Bu haqda brend o‘zining saytida ma'lum qildi

“Aqlli” soatlar oq oltindan yasalgan va “V.V. Putin № 1” o‘yib yozilgan yozuvga ega. Apple Watch’ning ushbu seriyasi Caviar zargarlari avval namoyish qilgan “Davr” tarixiy kolleksiyasini to‘ldiradi. Seriyada 63 dona soat bo‘lib, Putin aynan shu yoshga to‘lmoqda.

Soatning narxi 229 ming rublni tashkil qiladi. “Prezident” soatlari savdosidan tushgan pullardan bir qismi “Podari jizn” (“Hayot ulash”) xayriya fondi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Avvalroq Caviar brendi Supremo President deb nomlangan “prezident” iPhone 6’ning yangi versiyasini chiqargan edi.

Top